30-noyabr kuni Er yuzida 5 ball quvvatga ega kuchli magnit bo`roni sodir bo`lgan edi. Aynan shu anomaliya 1-dekabr, juma kuni ham takrorlandi.
Quyosh chaqnashlaridan keyin Erda magnit bo`ronlari paydo bo`ladi - sayyoraning geomagnit maydonida buzilishlar sodir bo`ladi.
Bu paytda nafaqat texnologiya, balki insonlarning salomatligi ham xavf ostida bo`ladi. Mutaxassislarning kuzatishlariga ko`ra, bunday vaqtda odamlarda yurak-qon tomir tizimi faoliyatida uzilishlar va uyqu buzilishi mumkin. Magnit bo`ronlari erta tug`ilishni qo`zg`atishi mumkin degan fikr bor.
Portal ma`lumotlariga ko`ra, olimlar dekabr oyida yana bir qancha geomagnit buzilishlarni bashorat qilgan.
- 5, 19 va 22 dekabr kunlari kuchli magnit bo`ronlari kutilmoqda.
- 4, 6, 7, 12, 18, 23 va 24 dekabr kunlari magnit buzilishlar mumkin.