AsosiyDunyo

Germaniyada kuchli qor tufayli samolyot muzlab qoldi(video)

'Germaniyada kuchli qor tufayli samolyot muzlab qoldi(video)'ning rasmi

Dubaydagi iqlim sammitiga uchishi kerak bo`lgan samolyot Germaniyaning qator viloyat va hududlariga kuchli qor yog`ishi sababli Myunxen aeroportidagi uchish-qo`nish yo`lagini tark eta olmadi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan kadrlarda yomon ob-havo tufayli samolyot uchish-qo`nish yo`laklaridan birida qanday qotib qolgani va uning yon tomoni dum tomonga og`ir qiyshaygani ko`rsatilgan. Maxsus texnika etib kelganida samolyotning barcha oynalari qalin qor va muz qatlami bilan qoplangan, orqa shassi esa uchish-qo`nish yo`lagigacha muzlab qolgan.

Avvalroq Moskva aholisi ham so`nggi o`n yilliklardagi eng kuchli qor yog`ishi xavfi haqida ogohlantirilgan edi. 

Sinoptikning so`zlariga ko`ra, yakshanba kunining ikkinchi yarmida Moskvada 11-16 millimetr yoki oylik yog`ingarchilik normasining 30 foizini tashkil etadi, qor qoplamining balandligi esa 18 santimetrdan 27-30 santimetrga ko`tariladi. Bundan tashqari, poytaxt viloyatida kuchli qor bo`roni tufayli ko`rish masofasi 300-500 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar