AsosiyDunyo

G`azo bolalar uchun eng xavfli joy – UNICEF

'G`azo bolalar uchun eng xavfli joy – UNICEF'ning rasmi

UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel G`azo sektori yana bolalar uchun eng xavfli joyga aylanganini aytdi va mojaro tomonlarini ularni himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirdi. 

"Bugun G`azo yana bolalar uchun eng xavfli joyga aylandi. Qish keldi. Mojaroning barcha tomonlari qaerda bo`lishidan qat`i nazar, barcha bolalarning hayoti va farovonligini himoya qilish uchun qo`lidan kelgan barcha ishni qilishlari kerak. Bundan buyon bu mujaroda bolalar o`lmasligi kerak”,  deyiladi Rassellning X ijtimoiy tarmog`idagi (sobiq Twitter) postida. 

22 noyabr kuni Falastinning HAMAS harakati Misr va Qatar vositachiligida Isroil bilan G`azo sektorida to`rt kunlik gumanitar sulh bo`yicha kelishuvga erishgani va u 24 noyabrdan kuchga kirganini e`lon qildi. Kelishuvlar Isroil qamoqxonalaridagi bolalar va ayollarni ozod qilish evaziga anklavda saqlanayotgan bolalar va ayollarni ozod qilishni nazarda tutgan. 1 dekabr kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari HAMASni sulhni buzganlikda ayblab, G`azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshlaganini ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar