AsosiyDunyo

Moskvada so`nggi 40 yillikdagi rekord qor yog`di (video)

'Moskvada so`nggi 40 yillikdagi rekord qor yog`di (video)'ning rasmi

3 dekabr kuni Moskvada yog`gan qor 40 yil avval o`rnatilgan kunlik rekordni yangiladi, dedi Phobos ob-havo markazining etakchi mutaxassisi Mixail Leus o`zining Telegram-kanalida.

Moskvada shahar bazaviy meteorologiya stansiyasining ma`lumotlariga ko`ra, 10 mm yog`ingarchilik tushgan, bu 1980 yilning shu kunidagidan 0,6 mm ga ko`p. Sinoptikning qo`shimcha qilishicha, yangi rekordning aniq qiymati Moskva vaqti bilan 21:00 dan keyin ma`lum bo`ladi, chunki qor yog`ishda davom etmoqda. Leus ma`lumotlariga ko`ra, eng ko`p yog`ingarchilik, ya`ni 11 mm, Moskva markazi va Moskva yaqinidagi Dolgoprudniyga to`g`ri kelmoqda. 

Moskvadagi shahar yo`l xizmatlari 3 dekabr kuni kuchli qor yog`ishi munosabati bilan maxsus rejimda ishladi.

    Boshqa yangiliklar