Bugun Turkiya g`arbida mahalliy vaqt bilan 10:43 da kamida uchta silkinish sodir bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, silkinishlar Istanbulning Evropa qismida ham sezilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi seysmologlari ma`lumotlariga ko`ra, 5,1 magnitudali zilzila epitsentri Bursa viloyatining Mudanya shahri yaqinida joylashgan, zilzila o`chog`i esa atigi besh kilometrdan ozroq chuqurlikda yotgan.
Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikaya X ijtimoiy tarmog`ida ma`lum qilishicha, mutaxassislar zilziladan keyin zararni tekshirishga kirishgan.






