Qozog`istonda 9 dekabr kuni sovuq tufayli yo`lda qolib ketgan avtobusdan 28 kishi evakuasiya qilindi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, avtobus noqulay ob-havo sababli Oqmola viloyatida, Ostona—Petropavlovsk avtomobil yo`lining nazorat-o`tkazish punktida to`xtab qolgan. Evakuasiya qilinganlarning 26 nafari Tojikiston, ikki nafar O`zbekiston fuqarolari bo`lgan.
Yo`lovchilardan birining aytishicha, fuqarolar avtobusda 3 soatdan ortiq to`xtab qolgan. Ular Kokshetau shahridagi isinish punktiga olib kelinib, ovqat va yotoq bilan ta`minlangan.






