AsosiyJamiyat
1678

Toshkent metrosining yana bir bekatida ish vaqti qisqartirildi

'Toshkent metrosining yana bir bekatida ish vaqti qisqartirildi'ning rasmi

Bir necha kun oldin “Er usti halqa yo`li” yo`nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo`lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, yo`nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o`zaro bog`lash ishlarini tashkillashtirilishi yuzasidan ma`lumot berilgan edi.

Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilning 16 dekabr sanasidan "Er usti halqa yo`li" yo`nalishining Texnopark (Do`stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari bilan birgalikda Tuzel (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Shuningdek, Olmos (4-bekat) bekatidan Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo`lgan bekatlar oralig`ida ish rejimi o`zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi. (Ma`lumot uchun 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Olmos-Quruvchilar bekatlari oralig`ida bir tomonlama (chelnok) poezdlar harakati tashkil etiladi).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar