AsosiySport
3296

Stadionda tomoshabin vafot etganligi sabab ikki jamoa o`rtasidagi o`yin 18-daqiqada to`xtatildi (video)

'Stadionda tomoshabin vafot etganligi sabab ikki jamoa o`rtasidagi o`yin 18-daqiqada to`xtatildi (video)'ning rasmi

Ushbu xolat Ispaniya La Ligasining 16-turi, “Granada” — “Atletik Bilbao” uchrashuvida yuz berdi. Ayrim manbalarda aytilishicha “Atletik” darvozaboni Unai Simon tribunada bo`layotgan vaziyatga ko`zi tushib qolgan va bu haqda uchrashuv yon hakamiga ma`lum qilgan. 



Tez yordam brigadasi yurak xurujiga uchragan muxlisga tibbiy yordam ko`rsatishga harakat qilgan. Ammo, u stadionda jon bergan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 1:0 hisobida, “Atletik” g`alabasi bilan to`xtatilgan uchrashuv 11 dekabr, dushanba kuni yakunlanadi. Boshlanish vaqti tez orada e`lon qilinadi.

“Granada” klubi esa allaqachon ijtimoiy tarmoqlarida marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar