11 dekabr kuni "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi Anvar Jo`raev tomonidan avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanish holati yuzasidan nazorat tadbiri (reyd) o`tkazildi.
Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar berdi.
Reyd natijalari bo`yicha 7 nafar haydovchi avtobusni boshqarish vaqtida telefondan foydalanayotganligi aniqlandi. Yo`l harakati qoidalarining 128-1-moddasini qo`pol ravishda buzganligi va korxona ichki mehnat tartibini buzganligi uchun quyidagi haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi:
1. Bobojonov Fazliddin (2-avtobus saroyi, 89-yo`nalish haydovchisi);
2. Boqijonov Ahmad (4-avtobus saroyi, 135-yo`nalish haydovchisi);
3. Navro`zbekov Ixtiyor (5-avtobus saroyi, 44-yo`nalish haydovchisi);
4. Rasulov Teshavoy (8-avtobus saroyi, 43-yo`nalish haydovchisi);
5. Jo`raev Shokir (18-avtobus saroyi, 35-yo`nalish haydovchisi);
6. Karimov Xalil (18-avtobus saroyi, 46-yo`nalish haydovchisi);
7. Eminov Aziz (18-avtobus saroyi, 53-yo`nalish haydovchisi).
"Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun, agarda ciz avtobus haydovchisining uyali aloqa telefonidan foydalanayotganligini guvohi bo`lsangiz "Toshshahartransxizmat" AJning 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni yoki bizning Instagram'dagi rasmiy sahifamiz @toshbus'ni belgilagan holda qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchi haqida post (istoriya) orqali xabar berishingizni so`raymiz. Biz, albatta, ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko`ramiz", - deyiladi xabarda.






