AsosiyDunyo

Qirg`izistonda sovuq tufayli maktab o`quvchilari onlayn ta`limga o`tdi

'Qirg`izistonda sovuq tufayli maktab o`quvchilari onlayn ta`limga o`tdi'ning rasmi

Qirg`iziston ta`lim vazirligi 13-15 dekabr kunlari sovuq havo tufayli maktablar uchun onlayn ta`limga o`tish to`g`risida buyruq imzoladi. Shu bilan birga, hududlarda o`qitish formati to`g`risidagi qaror mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilinadi.

"Hududlardagi maktablarda ularning qanday o`qishi mahalliy sharoitga bog`liq. Agar xonadagi havo harorati 23 darajadan past bo`lsa va bolalarning maktabga kelishi qiyin bo`lsa, ularni onlayn o`qitishga o`tkazish mumkin. Bu borada tuman ta`lim bo`limlari rahbarlari tomonidan qaror qabul qilinadi”, — dedi vazir.

 

Ekspert fikricha, aksariyat maktablar masofaviy ta`limga o`tgani ikkita muammodan dalolat beradi:

  • yoki ta`lim tizimida avtonomiya mavjud emas, mahalliy hokimiyat organlari esa Xalq ta`limi vazirligi markaziy apparati qarorlariga ko`r-ko`rona bo`ysunadilar;
  • yoki mamlakatdagi barcha maktablar qishga shunchalik yomon tayyorgarlik ko`rganki, haroratning har qanday pasayishi bilan bolalarning bu maktablarda o`qishi xavfli.

 

 

    Boshqa yangiliklar