Norvegiya hukumati Ukraina uchun yana 800 million dollar miqdorida yordam ajratmoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Zelenskiy bilan Osloda o`tkazilgan uchrashuvida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
"Ukraina hukumati hamshiralar, shifokorlar, o`qituvchilar va boshqa ishchilarga maosh to`lashi kerak. Shuningdek, biz 2024 yilda Ukraina xalqini birinchi oylardanoq qo`llab-quvvatlashimizni e`lon qilmoqchimiz", - degan u.






