Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi “Jahon bozori”da yong`in chiqqani aks etgan videolar tarqaldi. Ularda yong`in gaz ballonning portlashidan kelib chiqqan.
Andijon viloyat hokimligining xabar berishicha, ayni paytda yong`in bartaraf etildi.
Yong`in bitta do`konning tom qismida yuzaga kelgan, FVB tomonidan amalga oshirilgan tezkor harakatlar davomida qisqa fursatda o`chirilgan.
Bozor faoliyati odatiy shaklda davom etmoqda. Keyingi xabarlarda batafsil ma`lumotlar havola etiladi.






