Forbes dunyo milliarderlarining dekabr oyi holatiga ko`ra reytingini e`lon qildi.
Unga ko`ra, hamon Ilon Mask 1-pog`onani egallab turibdi. Uning boyligi 245 mlrd AQSh dollari sifatida baholangan. Ikkinchi o`rinni fransuz milliarderi, Louis Vuitton kompaniyasi rahbari Bernard Arno 191 milliard dollar bilan band etdi.
Amazon asoschisi Jeff Bezos 3-o`rinda. Uning boyligi dekabr oyida 168 mlrd dollardan oshgan.
Umuman olganda, noyabr oyi milliarderlar uchun aksiyalar narxi bo`yicha juda yaxshi oy bo`ldi. Dunyodagi eng boy 10 kishining barchasida daromad oshishi kuzatilgan. Ularning boyligi jami 9 foizga o`sdi.
Forbes talqiniga ko`ra 2023 yilning dekabr oyi holatiga ko`ra dunyoning eng boy 10 nafar milliarderi:
- Ilon Mask (245,3 milliard dollar)
- Bernard Arno (191,3 milliard dollar)
- Jeff Bezos (168,4 milliard dollar)
- Larri Ellison (146,5 milliard dollar)
- Uorren Baffet (119,3 milliard dollar)
- Bill Geyts (117,6 milliard dollar)
- Mark Sukerberg (115,9 milliard dollar)
- Stiv Balmer (112,8 milliard dollar)
- Larri Peyj (111,7 milliard dollar)
- Sergey Brin (107,3 milliard dollar)






