AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways yoshlarga chegirma e`lon qildi

'Uzbekistan Airways yoshlarga chegirma e`lon qildi'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 1 yanvardan boshlab barcha mahalliy yo`nalishlar aviachiptalari tarifidan 15 foiz chegirma e`lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chegirmalar 12 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar uchun bo`lib, 2024 yilning 10 yanvariga qadar bajariladigan parvozlar uchun amal qiladi.

Chegirmali aviachiptalarni 2023 yil 26 dekabrdan boshlab Uzbekistan Airways Sales filialida va O`zbekiston Respublikasidagi aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar