AsosiySiyosat

O`zbekiston va Rossiya etakchilari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

'O`zbekiston va Rossiya etakchilari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar'ning rasmi

26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro`yobga chiqarish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlashning o`sish sur`atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperasiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta`minlash muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar