AsosiyJamiyat

Namanganda sobiq amaldorning o`g`liga chora ko`rildi. U tezlikni oshirgan (video)

'Namanganda sobiq amaldorning o`g`liga chora ko`rildi. U tezlikni oshirgan (video)'ning rasmi

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, Namanganda qoida buzib, uni Instagram'dagi sahifasiga joylab kelgan qoidabuzar haydovchi ushlangan. Unga nisbatan chora ko`rilib, Mercedes-Benz mashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, 2023 yil 1 yanvar kuni Namangan shahridagi Islom Karimov ko`chasida davlat raqami 01 S 651 ZB bo`lgan Mercedes-Benz mashinasi haydovchisi yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib, tezlikni me`yordan oshirib, o`zi va o`zgalar hayotiga xavf tug`diruvchi harakatlar sodir etgan.

2000 yilda tug`ilgan ushbu haydovchi harakatlanish davomida yo`l harakati qoidalarining oltita bandini buzgan.

Jumladan:

  • mashina oynalarining tusi noqonuniy o`zgartirilgan (BHMning 25 barobari miqdorida jarima);
  • harakat davomida telefondan foydalangan (BHMning 3 barobari miqdorida jarima;
  • svetoforning qizil chirog`idan o`tgan (BHMning 2 barobari miqdorida jarima);
  • avariya holatini keltirib chiqargan (BHMning 10 barobari miqdorida jarima);
  • avtomobilning davlat raqamini o`zboshimchalik bilan echib olib harakatlangan (BHMning 5 barobari miqdorida jarima);
  • tegishli hujjatlarsiz mashina boshqargan (BHMning 5 barobari miqdorida jarima).

Qayd etilishicha, haydovchiga sodir etgan qoidabuzarliklari uchun ma`muriy bayonnomalar tuzilgan. Mercedes-Benz jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, yigitning otasi Namangan viloyati hokimligining sobiq xodimi hisoblanadi 

    Boshqa yangiliklar