2023 yil rekord darajadagi eng issiq yil bo`ldi va kelgusi yil bundan ham issiqroq bo`lishi mumkin. Bu haqda RIA novosti yozdi.
Buning sabablaridan biri Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suvning sirt qatlami haroratining o`zgarishi bilan bog`liq isish.
2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo`lishi mumkin, deb yozadi Bloomberg ekspertlarga tayanib.
Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) 2023 yil tugashidan oldin ham uni rekord darajadagi eng issiq yil deb atadi, yilning birinchi o`n oyida global harorat sanoatdan oldingi o`rtacha ko`rsatkichdan 1,4 darajaga yuqori bo`ldi. Britaniya meteorologiya xizmati 2024 yilda havo harorati bu ko`rsatkichdan 1,5 darajadan oshib ketishini istisno qilmadi.
Agentlikning yozishicha, kelgusi yilda haroratning oshishi El-Ninyo hodisasi bilan bog`liq. Bu Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suvning sirt qatlami haroratining o`zgarishi bilan bog`liq isish.






