"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 22-25 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.






