AsosiyDunyo

COVID-19dan o`lim holatlari yana ko`paymoqda — JSST

'COVID-19dan o`lim holatlari yana ko`paymoqda — JSST'ning rasmi

Hozir COVID-19 insoniyat uchun global tahdid emas. Pandemiya bekor qilinganidan buyon 9 oy o`tdi. Ammo hali ham virus mutasiyaga uchrashda davom etyapti. Achinarli jihati, infeksiyani yuqtirish va o`lim holatlari yana ko`paymoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Xususan, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma`lum qilishicha, poyoniga etgan 2023 yilning dekabr oyida koronavirus tashxisi qo`yilganlar soni sezilarli darajada oshgan.

Buni Yangi yil bayrami arafasida savdo rastalari, tomoshagoh va boshqa jamoat joylari nisbatan gavjum bo`lgani hamda "omikron" shtammining yangi JN.1 varianti keng tarqala boshlagani bilan izohlash mumkin.  

Misol uchun, dekabr oyida COVID-19 oqibatida qariyb 10 000 nafar  kishi hayotdan ko`z yumgan, infeksiya tufayli gospitalizasiya qilinganlar soni noyabr oyiga nisbatan 42 foiz, intensiv terapiya bo`limiga yotqizilganlar esa 62 foizga oshgan.  

O`sish dinamikasi kuzatilayotgan hududlar orasida Evropa va Amerika mintaqasida joylashgan davlatlar etakchi.  

JSST rahbari ushbu epidemiologik vaziyatni hisobga olib, koronavirusga qarshi ehtiyot choralarini izchil davom ettirish zarurligini ta`kidladi.  

"Bu borada arzon va ishonchli sinamalar, tavsiya etilgan davolash usullari, tibbiy niqob hamda kasallikka qarshi vaksinalar yaxshi samara beradi.  Hukumatlar ushbu masalaga alohida e`tibor qaratishlari kerak", — deb qayd etdi T. Gebreyesus.

 

 

    Boshqa yangiliklar