AsosiyDunyo

Aholisi tirbandlikda uzoq vaqt qoladigan shaharlar e`lon qilindi

'Aholisi tirbandlikda uzoq vaqt qoladigan shaharlar e`lon qilindi'ning rasmi

Irlandiya poytaxti Dublin shahri 2023 yilda aholisi tirbandlikda eng ko`p vaqt o`tkazgan shaharlar reytingida birinchi o`rinni egalladi. TomTom yo`l harakati ekspertlari tirbandliklar eng ko`p bo`lgan aholi punktlarini ochiqladi.

Mutaxassislar 55 mamlakatning 387 shahridagi yo`l harakati holatini tahlil qildi. Ular o`tgan yili Irlandiya poytaxti aholisi tirbandlikda o`rtacha 158 soat vaqt o`tkazishganini aniqladilar. 

Ro`yxatda ikkinchi o`rinni Peru poytaxti Lima egalladi, uning aholisi 157 soat tirbandlikda vaqt o`tkazadi.

Uchinchi o`rinni Mexiko shahri egalladi, bu shaharda tirbandlikda o`tgan vaqt 152 soatni tashkil qilgan.

Irlandiya poytaxti, shuningdek, 10 kilometr yo`lni bosib o`tish uchun zarur bo`lgan vaqt (29,5 daqiqa) va eng past o`rtacha tezlik (25,7 km/soat) bo`yicha Londondan keyin ikkinchi o`rinni egallab turibdi.

    Boshqa yangiliklar