Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainadan keyin Boltiqbo`yi davlatlari, Finlyandiya va O`zbekistonga hujum qilmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda u Vilnyusda o`tkazilgan matbuot anjumanida so`z ochdi.
Menimcha, biz Rossiya Federasiyasi Prezidentining ritorikasiga e`tibor qaratishimiz kerak. U to`xtamaydi. U bizni butunlay bosib olmoqchi. Rossiya Prezidenti Ukrainani vayron qilmagunicha, tinchlanmaydi. Ukrainadan keyin kimni shunday xavf-xatarlar kutayotganini juda yaxshi bilasiz. Litva, Latviya, Estoniya, Moldova, agar Ukraina muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi o`rinlarni egallashi mumkin. Yaqinda u Finlyandiya va O`zbekiston haqida gapira boshladi. Hammamiz birgalikda uni to`xtatmagunimizcha, u (Putin) bosqinchilikni bas qilmaydi”, deya qo`shimcha qilgan Zelenskiy.






