AsosiyDunyo

Latviyada ishlab yurgan o`zbekistonlik muhojir tasodifiy video ortidan internet yulduziga aylandi

'Latviyada ishlab yurgan o`zbekistonlik muhojir tasodifiy video ortidan internet yulduziga aylandi'ning rasmi

Latviyada ishlab yurgan asli o`zbekistonlik kurer tasodifiy video sabab mashhur bo`lib ketdi. Bu haqida "Rus.LSM.Lv" telekanali  xabar berdi.

O`qishdan bo`sh paytlarida Rigada volt etkazib berish xizmati kureri bo`lib ishlab yurgan o`zbekistonlik yigitning pianino chalayotgani aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Hasan Azlarov kafeda buyurtmasini  kutayotgan vaqtda pianinoda musiqa chala boshlagan.

Ushbu jarayon uning ijrosidan zavqlangan kafe mijozlaridan biri tomonidan suratga olinib, o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan. Tez orada video ko`pchilikka tarqalib, tomoshabinlarning e`tirofiga sazovor bo`lgan.

Hasan Azlarov "Rus.LSM.Lv" telekanaliga bergan intervyusida u 7 yoshidan pianino chalishni boshlaganini, so`ng qiziqishi tufayli Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa bilim yurtida tahsil olganini aytib o`tgan. Ayni paytda magistraturada o`qish uchun Latviyaga kelgan va bo`sh vaqtida kurerlik qiladi.

Kutilmagan mashhurlikdan so`ng, Hasan Azlarovga Rigadagi restoranlardan birida pianinochi bo`lib ishlash taklifi tushgan. Bu orqali u o`zi sevgan ish bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar