AsosiyDunyo

Mavrikiydagi orolda komendantlik soati joriy etildi. Orolga kuchli to`fon yopirilgan

'Mavrikiydagi orolda komendantlik soati joriy etildi. Orolga kuchli to`fon yopirilgan'ning rasmi

Sakkiz metrli to`lqinlar tufayli Mavrikiy poytaxti Port-Lui qirg`og`ini suv bosgan. Avtomobillar va binolar ham suv ostida qoldi. 

Kuchli yomg`ir va tezligi soatiga 200 kilometrgacha bo`lgan shamol yuzlab sayyohni tashqi dunyodan uzib qo`ydi. Xalqaro aeroport o`z faoliyatini to`xtatdi.

Mavrikiy hukumati mahalliy vaqt bilan dushanba kuni soat 20:00 dan seshanba kuni soat 12:00 gacha komendantlik soati joriy etilishini e`lon qildi.

Komendantlik soatini buzganlarni 100 ming Mavrikiy rupiysi (2,3 ming dollar) gacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Ko`chalarda faqat favqulodda vaziyatlar va zaruriy xizmatlar xodimlari harakatlanishi mumkin.

Orolda yuz bergan tabiiy ofatdan so`ng Milliy meteorologiya xizmati direktori iste`foga chiqdi. 

    Boshqa yangiliklar