O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O`zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo`nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur yangi savdo yo`li O`zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog`lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.
O`zbekistonlik milliy tashuvchilar ushbu yo`nalish bo`ylab TIR Sarnet kitobchasini qo`llagan holda Qozog`istondan tranzit o`tib, Xorgos orqali Xitoyning Sariq dengiz qirg`oqlarida joylashgan Sindao shahriga va u erdan ortga yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Ushbu yangi savdo yo`lagi orqali yuklar avtomobil transportida «eshikdan eshikkacha» tamoyili asosida qisqa vaqtda o`z egalariga etkazib berilishini ta`minlash maqsadida Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan ta`minlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o`tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko`mak ko`rsatmoqda.






