AsosiyJamiyat

Ona va bola salomatlik markazi va JSST ekspertlari tug`ishga tayyorlashga yangicha yondashuvni muhokama qilyapti

'Ona va bola salomatlik markazi va JSST ekspertlari tug`ishga tayyorlashga yangicha yondashuvni muhokama qilyapti'ning rasmi

Tug`ishga tayyorlash bo`yicha jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan yang tavsiyalar qabul qilindi. O`zbekistonda ushbu yangi ma`lumotlarni to`laligicha inobatga olgan holda milliy klinik protokol ishlab chiqildi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xabar qildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tug`ishga yordam berish kabi muhim masalada nafaqat ishlab chiqish va qabul qilish, shu bilan birga uning barcha jihatlarini xalqaro tajriba asosida inobatga olish yo`lini tanlagan. Shu maqsadda JSSTning xalqaro ekspertlari bilan maslahatlar olib borilyapti. Shunday tadbirlardan biri 25 yanvarda tashkil etildi. 

JSSTning yangicha yondashuvining mohiyati nimada? Agar keng tushuncha beradigan bo`lsak, unda ayol tug`ruq xonasiga to`lg`oqning birinchi belgilarida emas, aynan tibbiy ko`rsatkichlar bo`yicha, ya`ni homila belgilangan shiddat bilan kelayotgan faol fazada kiritilishi kerak. Albatta bunday yondashuv murakkab bo`lmagan tug`ruqlarda qo`l keladi.

JSST eksperti tibbiyot fanlari doktori Tinatin Gauga bugungi kunda ko`pgina mamlakatlarda qo`llanilayotgan tug`ruqqa an`anaviy yondashuvni shunday tushuntirdi: «To`lg`oqning dastlabki belgilarida va faol faza boshlangunga qadar tug`ruqxonaga tushishda oradan bir necha soat vaqt o`tadi, va bu shifokorlarni tug`ruqni qo`zg`atish to`g`risidagi qarorga kelishga majbur etadi. Lekin bu holatda qo`zg`atish yordam bermaydi. Bu esa yana bir keskin qaror — keserevani qo`llash qarorini qabul qilishni keltirib chiqaradi. Agar ayol tug`ruqxonaga aynan JST tavsiyalaridagi ko`rsatkichlar yuzaga kelgandagi faol fazada kiritilsa, unda quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin: ayolning tug`ruq zalida oz vaqt bo`lishi, ortiqcha tibbiy aralashuvlarning kamayishi, ko`proq tabiiy yo`l bilan tug`ish, keserevalar sonining kamayishi. To`lg`oq holati boshlangan, lekin faol faza boshlanmagan ayol tibbiyot muassasada shifokorlar tomonidan kuzatilishi mumkin, lekin tug`ruq zaliga tushmaydi».

JSST eksperti aynan O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimi to`liq JSST tavsiyalariga muvofiq yo`ldan ketayotganiga urg`u berdi. Ekspert va RIOvaBSIATM rahbariyati tomonidan ta`kidlanganidek, bu tegishli milliy protokolning qabul qilinishi bilan O`zbekistondagi barcha tug`ruqqa tibbiy yordam xizmatlari o`sha zahoti yangi talablarga o`tishini bildirmaydi.       

RIOvaBSIATM direktori Natalya Nadrxanova ta`kidlaganidek, eng avvalo yangi protokol qoidalariga o`qitish vazifasi turibdi. Undan tashqari, hududlarda milliy protokol asosida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda mahalliy standartlar ishlab chiqilyapti. Va, shubhasiz, har qanaqangi paydo bo`ladigan masalani Respublika ona va bola salomatligi markazi va uning barcha viloyatlarda faoliyat olib borayotgan filiallari mutaxassislaridan aniqlab olsa bo`ladi. 

«Partogramma» dasturi asosida o`qitish va to`ldirish vazifasi turibdi. Partogramma — bu tug`ish holiga kelgan barcha ayollar uchun tibbiyot xodimlari tomonidan to`ldiriladigan dastur. Partogrammaga ayolning holati va uning tug`ilmagan go`dagi haqidagi barcha ma`lumotlar, shuningdek, tug`ish jarayonidagi har soatdagi ko`rsatkichlar kiritiladi. Bu shifokorlarga har soatda holatni baholash, qayta baholash va tabiiy tug`ish jarayoniga aralashish kerak yoki kerak emasligi to`g`risidagi qaror qabul qilish imkonini beradi. JSST partogrammani 1987 yilda tug`ruqni kuzatish asbobi sifatida tavsiya qilgan. Lekin hozirgi yangi ilmiy tadqiqotlar va isbotlarga muvofiq partogramma yangilandi. Bundagi eng muhim yangilik shundan iboratki, partogrammada tug`ish jarayonini tug`ishning birinchi davridagi faol fazadan boshlab aks ettirish kerak, undan avval emas. 

Shuni qo`shimcha qilamizki, «Partogramma» Milliy klinik protokol JSSTning 2022 yilda qabul qilingan yangi tavsiyalari tufayli ishlab chiqilgan. Isbotlangan tibbiyotning yangi xalqaro ma`lumotlari tahliliga asosan JSST normal tug`ruqni boshqarish bo`yicha tavsiyalarni samarali amalga oshirish maqsadida, tug`ish jarayonida ayolning va homilaning normal holatini ta`minlash partogrammaning avvalgi taxminlari tizimini ko`rib chiqdi. 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar