Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.
Ayblov xulosasiga ko`ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmuni bilan o`rtoqlashgan.
"Sobiq bosh vazirning partiyasi ishni uydirma deb hisoblaydi va hukmga e`tiroz bildirmoqchi", — deb xabar bermoqda Reuters nashri.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilda bosh vazirlik lavozimidan chetlatilgan Xon, avvalroq korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Yangi hukm esa umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e`lon qilinadi, unda u saylovda qatnashishi taqiqlanadi. Xon o`ziga qo`yilgan barcha ayblovlarni siyosiy maqsadlarda qilinganini aytadi.






