AsosiySog'lik

Kariesni boshlang`ich bosqichda davolovchi gel yaratildi

Rossiyaning Omsk davlat tibbiyot universiteti olimlari bu borada izlanishlar olib borib, a...

Rossiyaning Omsk davlat tibbiyot universiteti olimlari bu borada izlanishlar olib borib, ajoyib natijaga erishdi: kariesning oldini oluvchi va davolovchi qulay hamda samarali vosita yaratildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Gel ko`rinishidagi ushbu preparat hatto kasallikning boshlanish davri, ya`ni tishlarda dog`lar hosil bo`lish bosqichda ham yaxshi natija beradi. Shu tariqa karies rivojlanishiga barham bersa bo`ladi.

Yaratilgan maxsus surtma ftorid, kalsiy va fosfordan tarkib topgan bo`lib, emal devorlarini mustahkamlash hamda tishlarni zarur minerallar bilan ta`minlashga xizmat qiladi. Muhimi, undan uy sharoitida foydalanish juda qulay.

Davolanish kursi 2-3 haftani tashkil etadi. Muolajani yil davomida ikki marta takrorlash kifoya. Shu asnoda tishlar o`n ikki oy davomidan kariesdan ishonchli himoyalanadi.

Hozir tadqiqotchilar 10 ta gel kompozisiyasi uchun patient olishga muvaffaq bo`ldi. Hademay ular soni yana bittaga ko`payishi kutilyapti.

 

 

    Boshqa yangiliklar