O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari universiteti rektori Sherzod Qudratxo`janing Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida O`zbekistonda yashab, o`zbek tilini bilmaydiganlar "bosqinchi" yoki "ahmoq" ekanini haqida aytgan edi.
Rossiya TIVsi Sherzod Qudratxo`jani bu so`zlarini "o`ta haqoratli va mutlaqo qabul qilib bo`lmas" deb topib, O`zbekistonning Moskvadagi elchiga norozilik bildirdi.
14 fevral kuni O`zbekistonning Moskvadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
TIV bayonotida do`st va ittifoqdosh O`zbekiston aholisining mutlaq ko`pchiligi Sherzod Qudratxo`janing fikriga qo`shilmasligiga ishonch bildirilgan.
Biz bu arbobning bayonotini respublikamizning ko`p millatli xalqining kayfiyati bilan hech qanday bog`lamaymiz. Ishonchimiz komilki, O`zbekistonda, xuddi Rossiyada bo`lgani kabi, ular ham ko`p asrlik umumiy tariximiz va uning yorqin sahifalarini, jumladan, birinchi navbatda, fashizmga qarshi birgalikda olib borilgan kurash va fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Buyuk g`alaba xotirasini avaylab-asraydi, deya so`z boradi unda.
Xalqlarimiz birgalikdagi mehnat orqali umumiy Vatan — SSSRni barpo etgani, bu erda har bir kishi o`zining asl madaniyatini asrab-avaylash va rivojlantirish, rus va milliy tillarda ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`lgani ta`kidlandi. Shu bilan birga, rus tili ko`p qirrali millatlararo muloqot tili sifatida o`ziga xos birlashtiruvchi rol o`ynadi, deyiladi TIV bayonotida.
"Ishonchimiz komilki, mamlakatlarimiz xalqlari o`rtasida janjal keltirib chiqarish uchun ichkaridan yoki tashqaridan qilingan har qanday urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Umid qilamizki, yaqin vaqt ichida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yuqori martabali shaxsning jirkanch bayonotlariga prinsipial baho berilgan rasmiy izoh beradi. Eslatib o`tamiz, Rossiya axborot makonida O`zbekistonga qarata uning siyosatiga zid bo`lgan rezonansli mulohazalar paydo bo`lganda, biz darhol rasmiy darajada ulardan uzoqlashdik", — deya ta`kidlangan bayonotda.






