AsosiyBu qiziq

"Qiyomat kuni soati" tarixdagi eng xavfli nuqtaga yaqinlashdi

Xalqaro ekspertlar ramziy "Qiyomat kuni soati" milini yana oldinga surdi — endi shartli global falokatgacha 85 soniya qoldi.

'"Qiyomat kuni soati" tarixdagi eng xavfli nuqtaga yaqinlashdi'ning rasmi

Bu loyiha ishga tushirilganidan beri qayd etilgan eng yuqori xavf darajasi hisoblanadi.

Bulletin of the Atomic Scientists jurnali va tadqiqot tashkiloti 27 yanvar kuni qabul qilgan qarorga ko‘ra, Yer sayyorasi yadro urushi, iqlim inqirozi va nazoratsiz rivojlanayotgan texnologiyalar sabab har qachongidan ham xavfli bosqichga kirib kelmoqda.

Ekspertlar Rossiya, Xitoy, AQSh va boshqa yirik davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy keskinlik, yadro qurollaridan foydalanish xavfining ortishi, iqlim o‘zgarishini jilovlashdagi sustlik hamda sun’iy intellekt va harbiy texnologiyalar ustidan xalqaro nazoratning yo‘qligini asosiy omillar sifatida qayd etgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, 85 soniya muqarrar halokatni anglatmaydi, balki hukumatlar va jamoatchilik uchun jiddiy ogohlantiruvchi signal hisoblanadi. Ekspertlar fikricha, vaziyatning qay tomonga o‘zgarishi siyosiy qarorlar va xalqaro hamkorlikka bevosita bog‘liq.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Soxta haydovchilik guvohnomalari YTHlar koʻpayishiga sabab boʻlmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 06:26

    Soxta haydovchilik guvohnomalari YTHlar koʻpayishiga sabab boʻlmoqda

    8 ta hududda 1 200 nafardan ortiq fuqaroga noqonuniy ravishda haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilgan.

    'Dollar kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 27.01.2026 11:20

    Dollar kursi koʻtarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Toshkentda jinoyatchilikka qarshi choralar muhokama qilindi.'ning rasmi

    Bu qiziq 27.01.2026 07:59

    Toshkentda jinoyatchilikka qarshi choralar muhokama qilindi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uyushtirilgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tkazildi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 27.01.2026 02:35

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    “O‘zgidromet” 27 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Sergio Ramos "Sevilya" klubini sotib olishi mumkin'ning rasmi

    Bu qiziq 26.01.2026 07:01

    Sergio Ramos "Sevilya" klubini sotib olishi mumkin

    Афсонавий испаниялик футболчи Серхио Рамос "Five Eleven Capital" компанияси билан ҳамкорликда "Севилья" футбол клуби эгасига айланиш ниятида.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 26.01.2026 02:41