AsosiySiyosat

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida qator muhim bitimlar imzolandi

Anqaradagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida koʻp qirrali sheriklikni mustahkamlovchi hujjatlar qabul qilindi.

'Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida qator muhim bitimlar imzolandi'ning rasmi

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on Qo‘shma bayonot hamda keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni qamrab olgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilindi.

Ular sog‘liqni saqlash, ta’lim va harbiy tibbiyot, iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, konchilik sanoati, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, maxsus iqtisodiy zonalar, yadro xavfsizligi va radiatsion himoya, migratsiya sohalariga oid kelishuvlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, din ishlari, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, madaniyat sohasidagi qo‘shma reja, shuningdek, ta’lim va yengil sanoat yo‘nalishlaridagi bayonnomalar ham imzolandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.

    'Oʻzbekiston prezidenti Vashingtonga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat 18.02.2026 04:56

    Oʻzbekiston prezidenti Vashingtonga yetib bordi

    AQShga tashrif doirasida prezident Tinchlik kengashining birinchi sammiti va bir qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

    'Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:53

    Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi

    Shavkat Mirziyoyev ipakchilik va pillachilik sohasini rivojlantirish yuzasidan takdimot bilan tanishdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:32

    Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.

    17 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi.