«Manchester Yunayted» kelasi mavsum Chempionlar ligasida o`ynamasa, 20 million funt yo`qotadi.
Klub va Adidas kompaniyasi o`rtasida imzolangan shartnomaga ko`ra «Manchester Yunayted» qatorasiga ikki yil Chempionlar ligasida ishtirok etmasa, homiylik puli kamaytiriladi. Eslatib o`tamiz, mankunianliklar o`tgan mavsum EChLsiz qolib ketgan edilar.
Shu bilan birga «Manchester Yunayted»ning umumiy daromadi birinchi kvartalda 2.8 foizga kamaygani aytilgan edi.