1

Diyora Keldiyorova "Katta dubulg`a"ning 5 karra g`olibiga aylandi

Sport 16.02.2024, 22:47
Diyora Keldiyorova "Katta dubulg`a"ning 5 karra g`olibiga aylandi

Boku "Katta dubulg`a" musobaqasining birinchi kuni O`zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o`yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g`alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo`ldi.

Qayd etish joiz, bu Keldiyorovaning «Katta dubulg`a» musobaqalaridagi beshinchi oltin medali bo`ldi. Shuningdek, u jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham o`z hisobiga qo`shib qo`ymoqda. Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu g`alaba kelasi hafta Keldiyorovani jahon reytingi peshqadamiga aylantiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1