"Lokomotiv"ning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan tez orada sochini oldirib tashlaydi. Bu haqda "Championat.asia" xabar bermoqda.
Artur Gevorkyan o`tgan yilgi intervyusida agarda O`zbekiston chempioni nomini qo`lga kiritsa unda sochini tagi bilan oldirib tashlashga va`da bergandi. Davralar oralig`ida "Loko"ga ko`chib o`tgach, uning bu boradagi imkoniyatlari yanada oshdi. O`shanda Gevorkyanga bu va`dasini eslatganimda (Shahboz Beg`amov), u men erkakman, gapimni ustidan albatta chiqaman, deya javob bergandi.
Endi Artur Gevorkyan yangi imijda oltin medalni qabul qilib olishini kutamiz.





