AsosiyJamiyat

1 iyunga qadar 500 nafar etim bola uy-joy bilan ta`minlanadi

'1 iyunga qadar 500 nafar etim bola uy-joy bilan ta`minlanadi'ning rasmi

Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazlari ishini o`zgartirish zarur. Bu haqda Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda aytildi. 

Yig`ilishda bu markazlarni tarbiyasi og`ir bolalarning muammolari bilan ishlab, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo`yicha kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatadigan maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga bunday markazlarni “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etish topshirildi.

Etim va ota-ona qaramog`isiz bo`lgan yoshlarning salohiyatini ro`yobga chiqarishiga ko`maklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga o`qitish, dehqonchilik uchun er berish muhimligi ta`kidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo`lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo`yicha tizim yaratish topshirildi. Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta ko`rib chiqiladi.

Bunda “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar ro`yxati shakllantiriladi, ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar 140 milliard so`mga etkaziladi.

Mutasaddilarga 1 iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar etim bolalarni uy-joy bilan ta`minlash topshirildi.

    Boshqa yangiliklar