AsosiyJamiyat

WOSCU kashfiyoti: Turkmaniston davlat muzeyida Xiva xoni kumushlari topildi

'WOSCU kashfiyoti: Turkmaniston davlat muzeyida Xiva xoni kumushlari topildi'ning rasmi

Turkmaniston Davlat muzeyi direktori Meretgeldi Chorievning so`zlariga ko`ra, muzey fondida 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga oid ayollar zargarlik buyumlarining to`liq to`plamini aks ettiruvchi oltin bilan qoplangan kumushdan yasalgan rang-barang zargarlik buyumlari saqlanmoqda. To`plam taqdimoti O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining VII Xalqaro kongressining “Merosning yangi qirralarini kashf etish: O`zbek kolleksiyalari jahon to`plamlarida” xalqaro konferensiyasi doirasida bo`lib o`tdi.

To`plamdagi buyumlar o`zining shakllarga boyligi, ko`p sonli marjonlari, ziraklari va eng nozik qadama naqshlari bilan ajralib turadi.

Tadqiqotlarga ko`ra, ashyolar Xiva xoni xazinasidan bo`lib, Xorazm mahsulotlari kolleksiyasining o`zi esa 1928 yil 20 sentyabrda Turkmaniston Davlat muzeyi fondiga kirgan. Bu ashyolar hukumat qarori bilan o`sha paytdagi milly Respublikalar bo`ylab taqsimlangan va Toshkentdan hukumat vagonlarida jo`natilgan.

To`plamda “manglay-duzi, bosh-duzi” peshona bezaklari, turli tumorlar va boshqa ko`p noyob narsalar mavjud.

“O`zbekiston madaniy merosi” turkumidagi to`plamning nashr etilishi hozircha kam o`rganilayotgan ayrim zargarlik buyumlarining atributini tushunishga yordam beradi va Xorazm zargarlik san`ati haqida to`liqroq tushunchaga ega bo`lamiz, deb umid qilamiz”, — deya ta`kidladi M.Choriev

    Boshqa yangiliklar