1

Umurtqa pog`onasi jarohatlarini tiklovchi neyroimplantat yaratildi

Salomatlik 22.02.2024, 10:09
Umurtqa pog`onasi jarohatlarini tiklovchi neyroimplantat yaratildi

Orqa miya jarohatlaridan so`ng umurtqa pog`onasining shikastlangan qismida nerv signallari uzatilishi to`xtaydi. Bu esa ko`p hollarda falajlikni yuzaga keltiradi.  

Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS" olimlari bu muammoning samarali echimini topdi. Ular tomonidan orqa miyada nerv o`tkazuvchanligini tiklovchi neyroimplantat yaratildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Ushbu vosita biomoslashuvchan materialdan yasalgan bo`lib, bemor to`qimalari o`sishiga imkon beruvchi maxsus chiziqlar bilan qoplangan.  

Moslama nerv hujayralarini qo`llab-quvvatlash uchun jarohat joyiga o`rnatiladi. Vaqt o`tishi bilan u sog`likka ziyon etkazmagan holda tana ichida erib ketadi. Natijada umurtqa pog`onasidagi nerv impulslarining o`tkazuvchanligi tiklanadi va bemor sog`lom hayotga qaytadi.

Tadqiqotchilar fikricha, neyroimplantat allaqachon laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan. Navbatdagi klinik tekshiruvlar yakunlangach, u tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1