AQShning Yelloustoun milliy parkida Kolin Skot degan sayyoh yigit Norris nomli geyzerli hovuzga yiqilib, kislota kuchliligi sababli tanasi batamom erib ketdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Baxtsiz hodisa Skot suv darajasini o`lchab ko`rish uchun engashganda ro`y bergan. Uning oyog`i sirg`anib ketib, suvga qulagan. Bu erda cho`milish qat`iyan man etilganiga qaramay, park xodimlari 23 yoshli yigit qaynoq suvda cho`milishni istagan bo`lsa kerak, deb taxmin qilmoqda. Qutqaruvchilar etib kelganda, Skott halok bo`lgan edi.
Kuchli shamol ko`tarilgani bois uning jasadini suvdan olib chiqishning iloji bo`lmadi. Ertasi kuni hovuz bo`yiga kelgan qutqaruvchilar qidiruvni davom ettirishdi, ammo yigitning jasadi suvda erib ketgan edi, faqatgina uning shaxsiy buyumlari topildi.
Nashrning ma`lumot berishicha, bu Yelloustonda ro`y bergan yagona baxtsiz hodisa emas. 1890 yildan beri, hovuzda 22 kishi halok bo`lgan, ulardan 2 nafari qaynoq kislotada cho`milmoqchi bo`lgan.