AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

Bugun, 26 fevral kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston etakchisi Erdo`g`onni 70 yoshga to`lgani bilan tabriklagan.

«Davlatimiz rahbari Turkiya etakchisiga mustahkam sog`lik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yo`lidagi mas`uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuqori darajaga erishilishida Prezident Rejep Erdog`anning o`rni va hissasi alohida qayd etildi», – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, telefon orqali muloqotda ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sur`ati oshib borayotganini ta`kidladi.

Qayd etilishicha, o`tgan yil yakunida qo`shma korxona va loyihalar soni sezilarli darajada – 365 taga ortdi, Turkiyaning etakchi kompaniya va tashkilotlari bilan investisiyalar portfeli kengaydi. Ikki mamlakat o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar ham, tegishli ravishda o`zaro sayyohlar oqimi ham ko`paydi.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishi kun tartibini puxta tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratdilar.

    Boshqa yangiliklar