AsosiySport

La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"ni yirik hisobda taslim qildi

Ispaniya chempionati 12-tur markaziy o`yinida Madridning ikki klubi — "Atletiko" va "Real"  o`zaro bahs olib bordi. Murosasiz kechgan o`yinda "Real" Krishtianu Ronalduning xet-trigi evaziga yirik hisobda zafar quchdi. 

Uchrashuvning 23-daqiqasida Ronaldu jarima to`pidan unumli foydalanib hisobni ochdi. O`yinning 71-daqiqasida Ronaldu o`zi ishlagan penaltini golga aylantirib hisobni yiriklashtirdi. Oradan biroz vaqt o`tib, hujumga berilib ketgan mehmonlar qarshi hujumni o`tkazib yuborishdi.

Beyl tezlik namoish qilib raqib jarima maydoni tomon kirib bordi va Ronalduga to`pni etkazib berdi, portugaliyalik hujumchi o`z imkoniyatini ko`kka sovurmadi. Shu tariqa Ronalduning xet-trigi « Real »ga uch ochko taqdim etdi.

"Atletiko" – "Real Madrid" 0:3 

Gollar: 0:1 – 23 Ronaldu, 0:2 – 71, penalti Ronaldu, 0:3 – 77 Ronaldu.

"Atletiko" – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Gabi (Korrea, 62), Koke, Ferreyra Karrasko, Saul, Grizmann, Torres (Gameyro, 62).

"Real Madrid" – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Isko (Benzema, 79), Kovachich, Vaskes (Asensio, 86), Modrich, Beyl, Ronaldu (Xames, 83).

Ogohlantirishlar: Gabi (26), Koke (63), Ronaldu (63), Godin (71), Vaskes (78), Korrea (84).

Boshqa yangiliklar