Agar "Barselona" tez orada o`z etakchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olmasa, "Manchester Siti" argentinalik superfutbolchini Angliya chempionatiga olib ketadi.
Ma`lumotlarga qaraganda, "Manchester Siti"rahbariyati Lionel Messini qo`lga kiritish uchun jiddiy harakatlarni boshlagan va bu borada har qanday xarajatga tayyorligini ma`lum qildi.
"Manchester Siti" xo`jayinlari "Oltin to`p"ning besh karra sohibini transfer qilish uchun "Barselona"ga 200 million funt sterling to`lashga va futbolchining o`ziga haftasiga 500 ming funt to`lashga rozilik bildirdi.
Ayni paytda "Barselona" Messini 2018 yili tugaydigan amaldagi shartnomasini uzaytirishga ko`ndira olmayapti. Leo ham aslida Kataloniyada qolishni xohlayotgani yo`q.
"Manchester Siti" rahbarlari "Barselona"ni argentinalik futbolchini qo`yib yuborishga, Messini esa Angliya ko`chib kelishga ko`ndira olishiga ishonishmoqda. Ular buni katta pul evaziga emas, balki bosh murabbiy Xosep Gvardiola orqali amalga oshirishmoqchi.