“Bulung`urtumangaz” bo`limi suyultirilgan gaz ta`minoti xizmati xodimlari suyultirilgan gazni o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj kilishdi. Bu haqida Darakchi.uz'ga DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xabar berdi.
E.A. o`z boshqaruvida bo`lgan ISUZU avtomashinasidagi 110 dona maishiy gaz ballonlarining 90 donasini hamkasbi U.B. bilan birgalikda tumanning mahalla aholi xonadonlariga tarqatib, qolgan 20 dona gaz balloni o`g`irlashgan.
Shuningdek, “Pastdarg`omtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi suyultirilgan gaz xizmati xodimi N.T. boshqaruvida bo`lgan ISUZU avtomashinasidagi 110 dona maishiy gaz ballonning 80 donasini hamkasblari R.J. va X.A.lar bilan birgalikda tumanning mahalla aholi xonadonlariga tarqatib, qolgan 30 dona gaz ballonini boshqa bir mahalla hududida fuqaro N.S. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasiga noqonuniy ravishda yuklayotgan vaqtda qo`lga olindi.
Hozirda ushbu har ikkala holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.






