Kecha, 11 mart kuni Farg`ona shahridagi 2 qavatli, uyda gazdan portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar qildi.
Portlash natijasida 3 nafar ijarada turgan Hindiston Respublikasi fuqarosi kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Ularning ikki nafari 23 yosh, bir nafari esa 22 yosh bo`lib, Farg`ona jamoatchilik-salomatlik instituti talabalari bo`lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






