AsosiyJamiyat

Toshkentda to`xtab turgan "Lacetti" yonib ketdi

'Toshkentda to`xtab turgan "Lacetti" yonib ketdi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahar Chilonzor tumanida "Lacetti" transport vositasi yonib ketdi. 

Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha,  hodisa Chilonzor tumani Zargarlik ko`chasida soat 16:15 larda sodir bo`lgan. 2001 yilda tug`ilgan A.T.ga tegishli "Lacetti"ning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo`lgani oqibatida yong`in kelib chiqqan. 

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong`in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar