Kuz yakuniga etay deganda pishib etiladigan xurmoning shirin ta`mi ko`pchilikka manzur. Bilsangiz, uni sevib iste`mol qilgach, organizmimiz kerakli vitamin va minerallarga to`yinib, bir necha xastaliklarga qarshi kurashar ekan.
- Xurmo tarkibida ko`p miqdorda glyukoza, saxaroza, S, A, RR vitaminlari, limon kislotasi, temir, kalsiy, kaliy, natriy, magniy, oqsil, uglevod, yod mavjud bo`lgani bois, u immunitetni mustahkamlaydi.
- Ishtahani ochib, asablarni tinchlantiradi. Ish unumdorligiga salmoqli ta`sir ko`rsatadi.
- Buyrak kasalliklariga chalingan bemorlar uchun foydali ozuqadir. Chunki xurmo peshob haydash, buyrakdagi toshlarni eritish xususiyatiga ega.
- Kaliyga boy bo`lgani bois, yuragi bezovta qiluvchi bemorlar kuniga 2-3 dona xurmo eyishsa, dard engillashadi.
- Yodga boy bo`lgani bois, buqoqning oldini olishga xizmat qiladi.
- Ichakni kerakli bakteriyalar bilan ta`minlaydi. Shu bois xalq tabobatida me`da-ichak xastaliklarini davolashda keng qo`llaniladi.
- Ko`z va teri salomatligida o`rni beqiyos. Shuningdek, organizmda saraton rivojlanishining oldini oladi.
- Xurmoni ko`p iste`mol qiluvchilarning qon bosimi me`yorida bo`ladi.
- Tomirlarning varikoz kengayishida xurmo yordamga keladi.
- To`yimli meva bo`lgani bois, uni iste`mol qilganda ochlik hissi kamayadi.
- O`pka faoliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa, kashandalar xurmoni ko`p iste`mol qilishlari lozim.
- Kamqonlikni davolash uchun kuniga ikki marta 100 ml. xurmo sharbatini taomdan avval ichish kerak. Shuningdek, xurmo barglari qo`shib damlangan choy ham foydalidir.
- Shamollash va yo`talda xurmo sharbatiga qaynatilgan issiq suv qo`shib, tomoqni chayish naf beradi.
- Xurmo sharbati bilan og`iz chayilsa, milk yallig`lanishini bartaraf qiladi.
- Xurmo va olmadan kosmetik niqob tayyorlab, yuzga surtilsa, husnbuzarlar ariydi.
Shunisi ham borki...
- Tarkibida ko`p miqdorda glyukoza mavjudligi bois, qandli diabetga chalingan bemorlar xurmoni kam iste`mol qilganlari ma`qul.
- Oshqozon va ichak operasiyasidan so`ng xurmodan parhez qilish kerak.
- Vazn yo`qotish harakatida yurganlar xurmoni haddan ziyod ko`p emaganlari ma`qul.
- Xurmoni sut yoki sovuq suv bilan birga eb bo`lmaydi.
- Kichik yoshdagi bolalarga bermagan ma`qul.
- Xurmo pishishi bilan uni birdaniga ko`p miqdorda iste`mol qilmay, kuniga 2 tadan boshlab, asta-sekin 5 tagacha eyish maqsadga muvofiqdir.