AsosiyDunyo

Shri-Lankada avtobus jarlikka qulab tushdi

Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.

'Shri-Lankada avtobus jarlikka qulab tushdi'ning rasmi

Shri-Lankada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Mamlakat janubida harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi taxminan 100 metr balandlikdagi qoyadan pastga qulab tushdi. Voqea oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgan, yana 35 nafardan ortiq yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Voqea sodir bo‘lgan hududda qutqaruvchilar, politsiya va tibbiyot brigadalari ishlamoqda. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar borligi aytilmoqda, biroq marhumlar shaxsiga aniqlik kiritilmagan.

Mahalliy hokimiyat hodisa sabablari o‘rganilayotganini bildirgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi yo‘lning og‘ir relefi va ehtimol, texnik nosozlik sabab boshqaruvni yo‘qotgan.

Shri-Lanka rasmiylari bu fojiani so‘nggi yillardagi eng og‘ir yo‘l-transport halokatlaridan biri deb atamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:44

    Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?

    Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu hodisa ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini bildirgan.

    'Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:46

    Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?

    Joriy yilning 10–11 may kunlari Jenevada ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi.

    'Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:19

    Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?

    Joriy yilning 15-may kunida Ukraina yetakchisi hamda Rossiya rahbari Turkiyada muzokara o‘tkazishga kelishdi.

    'Germaniyada “AdG” partiyasini taqiqlash talab qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:15

    Germaniyada “AdG” partiyasini taqiqlash talab qilindi

    Mazkur partiyaga qarshi mamlakatda 50 dan ortiq miting o‘tkazilgan.

    'Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 11.05.2025 19:06

    Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi

    Ma’lum qilinishicha, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.

    'Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzdi'ning rasmi

    Dunyo 11.05.2025 13:39

    Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzdi

    Hindiston javob choralarini ko‘rmoqda.