AsosiyJAMIYAT

Hindistonda hayoti xavf ostida qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Uni ishga chaqirgan kishilar ayoldan boshqa maqsadda foydalanmoqchi bo‘lishgan.

'Hindistonda hayoti xavf ostida qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

O‘zbekiston elchixonasi Hindistonga aldov yo‘li bilan olib kelingan va odam savdosi qurboniga aylanish xavfi ostida qolgan ayolning vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda  "Dunyo" axborot agentligi xabar qildi. 

Diplomatik missiya konsullik bo‘limiga Hindiston huquq-tartibot idoralaridan Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ruhiy tushkunlik holatidagi Z.T. ismli O‘zbekiston fuqarosi aniqlangani haqida ma’lumot kelib tushgan.

Shundan so‘ng fuqaro bilan aloqa o‘rnatilib, u elchixonaga olib kelingan. Surishtiruv jarayonida Z.T.ga ikki kishi oshxonalardan birida ofitsiant bo‘lib ishlash taklifi bildirgani aniqlangan. Biroq ayol mamlakatga kelib, mehmonxonaga joylashgach, aldanganini bilib qolgan va uni O‘zbekistonga qaytarib yuborishlarini talab qilgan.

Ammo ikki kishi ayoldan uning uchun sarflangan yo‘l xarajatlarini qoplab berishini talab qilgan hamda jinsiy xizmat ko‘rsatishga majburlashga harakat qilgan. Z.T. o‘zi ushlab turilgan maskandan qochish va mahalliy politsiya vakillariga murojaat qilishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekiston elchixonasi ayolga tezkor konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatgan hamda homiy tashkilotlar ko‘magida Dehli — Toshkent yo‘nalishidagi aviareysga chipta sotib olingan.

Hindistonning tegishli muassasalari bilan O‘zbekiston fuqarosini Dehliga keltirib, ekspluatatsiya qilishga urinishda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi bo‘yicha hamkorlik qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Diplomatik missiya o‘zbekistonliklarni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Elchixona bunday holatlar yuzaga kelgan taqdirda zarur konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatilishi uchun zudlik bilan quyidagi vositalar orqali murojaat qilishni tavsiya qiladi:

  • telefon: +91 11 2467 0774/75;
  • Telegram-bot: @consuluzbindia_bot.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda soyga cho‘kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:09

    Namanganda soyga cho‘kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi

    Namangan viloyati Pop tumanidagi dam olish maskani hududida joylashgan "Chodaksoy" soyida cho'kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi.

    'Turkiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik ayol vafot etdi'ning rasmi

    JAMIYAT 04.06.2026 17:28

    Turkiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik ayol vafot etdi

    Hozirda holat yuzasidan Turkiyaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Namanganda tergovchi va advokat yirik pora bilan qo‘lga olindi'ning rasmi

    JAMIYAT 04.06.2026 13:49

    Namanganda tergovchi va advokat yirik pora bilan qo‘lga olindi

    Tezkor tadbir davomida advokat gumonlanuvchining otasidan talab qilingan mablag'ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    'Saida Mirziyoyeva: Samarqanddagi ekologik forum Oʻzbekiston nufuzi ortib borayotganini koʻrsatdi'ning rasmi

    JAMIYAT 04.06.2026 13:28

    Saida Mirziyoyeva: Samarqanddagi ekologik forum Oʻzbekiston nufuzi ortib borayotganini koʻrsatdi

    "Endigi asosiy vazifa tabiatni asrashga qaratilgan ushbu tashabbuslarni amaliyotga samarali tatbiq etishdan iborat", dedi Mirziyoyeva.

    'Toshkent metrosining uchta yo‘nalishida elektr uzilishi kuzatildi'ning rasmi

    JAMIYAT 04.06.2026 10:04

    Toshkent metrosining uchta yo‘nalishida elektr uzilishi kuzatildi

    Hodisa poyezdlar harakatiga hamda bekatlardagi yoritish tizimlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan.

    'Mirziyoyev Gonkong bilan vizasiz tartib joriy etish masalasini muhokama qildi'ning rasmi

    JAMIYAT 04.06.2026 09:39

    Mirziyoyev Gonkong bilan vizasiz tartib joriy etish masalasini muhokama qildi

    Bildirilishicha, uchrashuv avvalida Li Szyachao davlat rahbariga Xitoy Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.