1

Jahonda 5 mlrd inson transyog`larning zararli ta`siridan himoyalanmagan

Dunyo 18.03.2024, 22:34
Jahonda 5 mlrd inson transyog`larning zararli ta`siridan himoyalanmagan

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko`ra, so`nggi yillarda transyog`lardan foydalanish sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chunki ular odatda organizm uchun foydali yog`larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega. Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo`shish qulay, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tilishicha, transyog`lar sanoat yoki tabiiy to`yinmagan yog`li kislotalardir. Sanoatda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot margarin, o`simlik yog`lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechene va piroglarda mavjud. 

Tabiiy transyog`lar kavsh qaytaruvchi hayvonlar (masalan, sigir, qo`y, echki) go`shti va ulardan olinadigan sut mahsulotlarida bo`ladi. 

Sanoatdagi va tabiiy transyog`larning ikkisi ham birdek zararli.

 JSSTning yangi hisobotida aytilishicha, dunyo bo`ylab besh milliard odam ushbu yog`larning zararli ta`siridan himoyalanmagan bo`lib, bu yurak xastaliklari va o`lim xavfini oshiradi.

 Har yili sanoatda ishlab chiqarilgan transyog`lar dunyo bo`ylab 278 mingdan ortiq o`limga sabab bo`lmoqda. 

 JSST mazkur turdagi yog`larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Ya`ni, kunlik rasionda 2000 kaloriya bo`lsa, transyog`lar 2,2 grammga to`g`ri kelishi lozim.

 Ularni salomatlik uchun foydali yog`lar bilan almashtirish mumkin.

 Ilg`or tajribaga asoslanib, JSST davlatlar uchun ikkita variantni tavsiya qiladi:

  • barcha oziq-ovqat mahsulotlarida sanoatda ishlab chiqarilgan transyog`lar umumiy yog` miqdorining 100 gr uchun 2 gr dan ko`p bo`lmagan majburiy umummilliy cheklovni joriy etish; 
  • transyog`larning asosiy manbalaridan biri bo`lgan qisman gidrogenlangan moylar ishlab chiqarish yoki ularni har qanday oziq-ovqat mahsulotida ishlatishni majburiy umummilliy taqiqlashni joriy etish.

 Qator mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, majburiy cheklovlar ixtiyoriy cheklovlardan farqli o`laroq, oziq-ovqat mahsulotlaridagi transyog`lar miqdorini va ularni aholi tomonidan iste`mol qilishni kamaytirishda ancha samarali

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1