AsosiyDunyo

Rossiyalik sharhlovchi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi

'Rossiyalik sharhlovchi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Taniqli sharhlovchi, jurnalist va “Egrisi” futbol jamoasi egasi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi. 

Vasiliy Utkin 1990 yillarning o`rtalarida NTV va NTV-Plus telekanallarining futbol sharhlovchisi, jurnalist va "Futbol klubi" teleko`rsatuvining boshlovchisi sifatida shuhrat qozongan. 2010 yil 1 sentyabrdan 2015 yil 31 avgustgacha Utkin NTV-Plus sport kanallarida bosh muharrir bo`lib ishlagan. 2018 yil iyun oyida Utkin o`zining YouTube kanalida "Futbol klubi" dasturini ochgan.

U 2004 va 2005 yillarda "Eng yaxshi sport sharhlovchisi" nominasiyasida TEFI mukofoti sovrindori bo`ldi.

2022 yilda Utkin kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. Qayd etilishicha, jurnalistning o`zi yordam so`rab Moskva kardiomarkaziga murojaat qilgan. Utkin uylanmadi. Oxirgi vaqtlarda uning sog`lig`ida muammolar paydo bo`lgani aytilayotgandi. U semizlikdan aziyat chekkan.

    Boshqa yangiliklar