1

Uill Smit: Qur`onni boshidan oxirigacha o`qib chiqdim

Dunyo 20.03.2024, 21:40
Uill Smit: Qur`onni boshidan oxirigacha o`qib chiqdim

Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qur`oni karimni to`liq o`qib chiqqanini ma`lum qilgan.

Aktyor hayotining so`nggi ikki yili qiyin kechgani, bu esa uni ichki dunyosi haqida fikr yuritishga undaganini ta`kidladi. Aktyor bu davrda barcha muqaddas kitoblarni, jumladan Qur`on karimni ham o`qiganini aytgan.

“O`tgan yili Ramazon oyida Qur`onni boshidan oxirigacha o`qib chiqdim”. Uning qo`shimcha qilishicha, bu “hayotimda ma`naviyat izlash... Bu hayotimda ko`proq odamlarni sig`dira olishim uchun qalbimni iloji boricha kengaytirishni xohlagan vaqtim edi”, - dedi u.

Shuningdek, u Qur`onning ma`nosi va Muso (alayhissalom) qissasi unga qanday ta`sir qilgani haqida gapirdi. Taniqli aktyor Qur`onni to`liq o`qishdan o`zingizga nima oldingiz, degan savolga Qur`onda Muso alayhissalomning necha marta zikr etilganidan hayratda qolgani, buning qiziqarli ekani, Muso alayhissalomning qissasi va boshidan kechirgan voqealar kuchli ta`sir ko`rsatganini aytdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1