1

Putin Moskvadagi teraktga izoh berdi

Dunyo 23.03.2024, 22:47
Putin Moskvadagi teraktga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi teraktdan so`ng rossiyaliklarga murojaat qildi.

U teraktni qonli va vahshiylik deb atadi hamda qurbonlar va jabrlanganlarning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi. U o`nlab tinch, begunoh odamlar qurbon bo`lganini esladi.
Putin 24 martni Rossiyada milliy motam kuni deb e`lon qildi.

Terrorchilar yashirinishga urinib, Ukraina tomon harakat qilishdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ularning chegaradan o`tib olishi uchun ”tuynuk” kutib turgan”, dedi Putin.

Rossiya prezidenti teraktdan keyin 11 kishi hibsga olinganini ma`lum qildi, ammo ularning kimligini aytmadi. Uning so`zlariga ko`ra, hozir asosiysi ”qon to`kilishi ortida turganlar”ning yangi jinoyatlar sodir etishining oldini olishdir.

”Biz Rossiyaga hujumni tayyorlagan har bir shaxsni aniqlaymiz va jazolaymiz”, dedi Rossiya prezidenti.

So`nggi rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Moskva yaqinidagi ”Krokus Siti Xoll”da 22 mart kuni sodir etilgan terakt oqibatida 115 kishi halok bo`lgan. 

Konsert zali vayronalarini tozalash ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Tergov qo`mitasi terakt haqidagi modda bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi.

Moskvada dam olish kunlariga belgilangan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ijtimoiy tarmoq orqali ma`lum qildi.

– Dam olish kunlari Moskvadagi barcha sport, madaniy va boshqa ommaviy tadbirlarni bekor qilishga qaror qildik. Ushbu chorani to`g`ri tushunishingizni so`rayman, – deb yozgan Sobyanin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1